Chempionlar ligasi 1/8 finaliga o'tish o'yini doirasida "PSJ" safarda "Monako"ni mag'lub etdi - 3:2.

UEFA uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida parijliklar vingeri Dezire Dueni e'lon qildi.

20 yoshli vinger 27-daqiqada jarohat olgan Usmon Dembeleni almashtirgan edi. Due o'yin davomida dubl qayd etdi va Ashraf Hakimiyning goliga assistentlik qildi.