Frantsiyaning "Monako" klubi nigeriyalik iste'dodli futbolchi Jorj Ilenikenani sotishga tayyor. Ko'pchilik uni kelajakdagi Viktor Osimxen deb bilayotgan 19 yoshli hujumchi uchun yigirma million evrodan ortiq to'lashga rozi bo'lgan xaridor topilsa, klub uni sotmoqchi.

Nufuzli insayder Ekrem Konur vaziyatni shunday baholadi. Italiyaning "Roma" va "Fiorentina", shuningdek, Germaniyaning "Bayer", "Shtutgart" va "Ayntraxt" klublari ushbu transferga qiziqish bildirishi mumkin. Bundan tashqari, Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi ham futbolchiga e'tibor qaratayotgani ma'lum bo'lmoqda.

Eslatib o'tamiz, nigeriyalik futbolchi 2024 yilning yozida Monte-Karloga o'tgan va u uchun qariyb 19 million evro to'langan edi. Joriy mavsumda u Frantsiya chempionatida "Monako" safida ikkita gol urdi.