«Monako»ning ishlari juda yomonlashib ketdi

"Monako" Liga 1ning so'nggi 9 o'yinida bitta g'alaba, ettita mag'lubiyat va durang qayd etgan.
Jamoa bugun 19-turda "Gavr" mehmoni bo'lib, durang o'ynadi (0:0).
"Monako" yakshanba kungi o'yinlar oldidan Frantsiya chempionati turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda va undan pastga tushishi mumkin, Sebastyan Pokonoli jamoasi 19 turda 24 ochko to'plagan.
Keyingi turda monakoliklar o'z maydonida "Renn" bilan o'ynaydi. O'yin 31 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
