"Monako" nigeriyalik futbolchisini sotishga tayyor

Frantsiyaning "Monako" klubi nigeriyalik iste'dodli futbolchi Jorj Ilenikenani 20 million evroga sotishga tayyor.
Bu vaziyatni insayder Ekrem Konur baholamoqda.
Italiyaning "Roma" va "Fiorentina", shuningdek, Germaniyaning "Bayer Leverkuzen", "Shtutgart" va "Ayntraxt Frankfurt" klublari ham ushbu futbolchiga qiziqish bildirgan.
Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi ham unga qiziqish bildirmoqda.