Kot-d'Ivuar himoyachisi Vilfred Singo rasman "Monako"dan "Galatasaroy"ga o'tdi, deya xabar beradi Istanbul klubi rasmiy manbalari.

Turk klubi 24 yoshli futbolchi uchun 30,7 million evro to'lagan, shartnomaga besh million evrogacha bonuslar ham kiritilgan.

Qolaversa, “Monako” futbolchining kelajakdagi sotilishidan 10 foizlik bonus ham oladi. Singo besh yillik shartnoma imzoladi.