"Monako" etakchi himoyachisining sotuvidan 30 million evro ishlaydi

"Monako" markaziy himoyachisi Vilfred Singo faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettiradi.
Footmercato xabariga ko'ra, turk grandi monakoliklar bilan 24 yoshli futbolchining transferini 30 million evroga kelishgan. Bundan tashqari, "Monako" bonuslar sifatida yana 5 million, shuningdek, futbolchining keyingi sotuvidan 10% olishi mumkin. Singoning "Galatasaroy" bilan mehnat shartnomasi yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan to'rt yilga mo'ljallangan.
Singo 2023 yildan beri "Monako" sharafini himoya qilmoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 60 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va to'rtta golli uzatma muallifiga aylandi.