"Monako" bosh murabbiyining EChL bahsidan ko'ngli to'ldi

"Monako" bosh murabbiyi Sebastyan Pokonoli Chempionlar Ligasida "Galatasaroy" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g'alabani baholadi.
"O'yindan mamnunman, lekin hayron emasman. Bu o'yin bizning nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatdi. Men yigitlar bilan faxrlanaman. Balogunning javobidan faxrlanaman.
Zaxiradagilar ham yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Munosabatlar to'g'ri edi. Men juda xursandman", dedi Pokonoli.