«Monako» asosiy futbolchisi xochsimon bog'lam jarohatini oldi

"Monako" himoyachisi Muhammad Salisuga chap tizzasining oldingi xochsimon bog'lami yirtilgani tashxisi qo'yildi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
"Klub Muhammadga tiklanish jarayonida hamrohlik qiladi va to'liq qo'llab-quvvatlaydi," - deyiladi xabarda.
Avvalroq "Monako"ning yaponiyalik yarim himoyachisi Takumi Minamino ham shunday jarohat olgandi.
26 yoshli ganalik Salisu 2025/26 yilgi mavsumda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Futbolchi "Monako"da 2023/24 yilgi mavsumdan buyon to'p tepib kelmoqda.