Italiya chempionatida "Milan" sharafini himoya qilayotgan xorvatiyalik Luka Modrich afsonaviy frantsiyalik Zinedin Zidan haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasi kubogi. U kiyinish xonasiga kirganida, bizning e'tiborimiz faqat Zidanda edi. Zizu ustoz sifatida noyob edi. Zinedin o'zgacha bir iqtidorga ega edi. U bu o'yinni puxta o'rganib chiqdi. Biz birgalikda ajoyib vaqt o'tkazdik", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi Footmercato.

Zidan ketma-ket uch marta "Real"ni Evropa Chempionlar Ligasida zafar quchishga olib keldi.