Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Madridning "Real" klubidan Italiyaning "Milan" klubiga o'tishi haqida gapirdi.

"Tabiiyki, "Real"dan qaerga bormang, bu - orqaga tashlangan qadam. Istalgan o'yinchi buni tasdiqlaydi. Ammo men tarixi "Real"nikidan qolishmaydigan klubga o'tdim. Va bu men uchun "Real" bilan xayrlashuv sharoitidagi eng yaxshi stsenariy. Men Italiya futbolida o'sganman va "Milan"ga muxlislik qilganman," - deya Modrichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.