Modrich Messi haqida: "Uning o'yinini tomosha qilish zavq bag'ishlardi"

Argentina terma jamoasining 39 yoshli hujumchisi Beninga qarshi bahsda (3:0) xayrlashuv o'yinini o'tkazdi.
- Messi haqida nima ham deya olardim? Uning ketayotgani achinarli, ammo bu uning qarori va biz buni hurmat qilishimiz kerak. U o'zi xohlaganidek jahon chempionatida g'alaba qozondi va u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri.
Unga qarshi o'ynash zavq bag'ishlardi, garchi Xorvatiya va "Real"da uning dastidan aziyat chekishimga to'g'ri kelgan bo'lsa ham. Uning o'yinini kuzatish haqiqiy zavq edi. U betakror futbolchi va men unga omad tilayman, - dedi "Milan"ning 41 yoshli futbolchisi.
Kommentariyalar