Modrich faoliyatini yakunlash borasida fikrini o'zgartirdi

Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashriga ko'ra, xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich «Milan» bilan shartnomasini uzaytirish istagida. Uning bu qaroriga faoliyatini majburiy ravishda erta yakunlash ehtimoli ta'sir qilishi mumkin — ochig'ini aytganda, Modrich hali «Milan»da to'yib o'ynagani yo'q va klubdagi faoliyatiga butunlay boshqacha tarzda nuqta qo'ymoqchi.
U futbol bilan zambilda emas, balki butun umr ardoqlab kelgan va Zvonimir Bobanning o'yinlarini ko'rib ulg'aygan «San-Siro» stadionining olqishlari ostida xayrlashishni xohlaydi. Shu bois, Modrich klub bilan kelishuvni uzaytirishga moyillik bildirmoqda. Albatta, agar yozgacha biror fors-major holat (masalan, jahon chempionatidagi yangi jarohat) sodir bo'lmasa. Shu bilan birga, Italiya matbuoti ba'zida bo'lganidek, shunchaki istakni haqiqat sifatida taqdim etishga urinayotgan bo'lishi mumkinligini ham istisno qilib bo'lmaydi.