UFC jangchisi Jonni Uokerning fikricha, Xamzat Chimaevning o'rta vazn toifasida raqiblari yo'q.

"Chimaev Drikus Dyu Plessiga qarshi jangda master-klass ko'rsatdi. Uning kurashi boshqa darajada. U chempion bo'lishga loyiq. U oktagonga chiqdi va o'z ishini osongina bajardi.

Menimcha, hozir o'rta vaznda Xamzatni mag'lub etadigan jangchi yo'q. Balki shunday raqib yaqin oylarda yoki yillarda paydo bo'lar, lekin hozircha unday odam yo'q", – dedi Uoker.

Manba: MMA News