UFC rahbari Dana Uaytning aytishicha, promoushen jangchilarida gonorarlarini aytish bo'yicha xech qanday taqiq yo'q.

"Xech bir sportchida bu ma'lumotlarni aytish bo'yicha taqiq yo'q. Ularning barchasi o'tirib olib, qancha pul ishlayotgani haqida intervyu berishi mumkin. Ular shunchaki qancha pul olayotganini bilishingizni istashmaydi. 

Odamlar daromadingiz haqida bilib olishsa, hayot biroz qiyinlashadi", - dedi Uayt.

Manba: MMA Junkie