MLSda Messidan qimmatroq ikki futbolchi ma'lum qilindi

«Transfermarkt» portali tahlilchilari MLS (AQSh futbol ligasi)dagi eng qimmat futbolchilarni e'lon qildi. Reyting peshqadamlari ikki nafar o'yinchi — Josh Sardjent («Toronto») va Evander («Tsintsinnati»). Har ikkala futbolchi 16 million evroga baholanmoqda.
Ulardan keyingi o'rinda «Inter Mayami» safida to'p surayotgan yulduzli argentinalik hujumchi Lionel Messi bor. Sakkiz karra «Oltin to'p» sohibining bozor narxi 15 million evroni tashkil etadi. Xuddi shuncha summaga yana ikki futbolchi — Anders Dreyer («San-Diego») va Son Xyon Min («Los-Andjeles») ham baholangan.
Messi Florida klubida 2023 yildan buyon o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda «Inter Mayami» MLS chempioni bo'lgan edi.