MLSda ham Salohga da'vogarlar bor

The Athletic sahifalarida yulduz hujumchi Muhammad Saloh haqida keng qamrovli material e'lon qilindi. Misrlik futbolchi murabbiy va klubga nisbatan tanqididan so'ng "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasidan chetlatilgani ma'lum - Saloh asosiy tarkibda maydonga tushmagani uchun ochiqchasiga norozilik bildirdi.
Manbaning ta'kidlashicha, "Liverpul"dan ketgan taqdirda, Saloh uchun asosiy variantlardan biri "Al-Hilol" bo'ladi. Saudiya klubi allaqachon misrlik futbolchiga qiziqish bildirgan va kelishuvni amalga oshirish uchun resurslarga ega.
Shuningdek, MLSda ham Saloh oldida bir nechta variantlar mavjud. Hujumchiga "Chikago Fayr" va "San-Diego" qiziqmoqda.