25 noyabrga o'tar kechasi MLS pley-offining so'nggi chorak final o'yini bo'lib o'tdi, unda "San-Diego" "Minnesota Yunayted"ni mag'lub etdi.

Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi, unda Anders Dreyer yagona gol muallifi bo'ldi.

Shunday qilib, MLS pley-offining yarim final juftliklari aniqlandi:

"Inter Mayami" - "Nyu-York Siti";

"San-Diego" - "Vankuver Uaytkeps".

O'yinlar 30 noyabr kuni, final esa 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi.