MLS. Messidan xet-trik va golli uzatma «Inter Mayami» «Neshvill»ga yirik hisobda g'alaba qozonishga yordam berdi (videosharh)

MLS chempionati doirasidan o'rin olgan uchrashuvda «Neshvill» o'z maydonida «Inter Mayami»ni qabul qildi. Bellashuv Neshvill shahridagi «GEODIS Park» stadionida bo'lib o'tdi va mehmonlar yirik hisobda g'alaba qozonishdi — 5:2.
«Inter Mayami» safida argentinalik yulduz Lionel Messi xet-trik qayd etdi. Shuningdek, Baltasar Rodriges va Telasko Segoviya ham bir marttadan gol urdi. Messi o'z hisobiga bitta golli uzatmani ham yozib qo'ydi.
Mehmon jamoa hisobni 35-daqiqada Messi orqali ochdi. Ammo 43-daqiqada Sem Sarrij hisobni tenglashtirdi, 45+6-daqiqada esa Jeykob Shaffelburg «Neshvill»ni oldinga olib chiqdi. Shundan so'ng «Inter Mayami» javob zarbasini berdi: Messi (63'), Rodriges (67'), yana Messi (81') va Segoviya (90+1') gollari natijani 5:2 ko'rinishiga olib keldi.
Bu bahs MLSning muntazam chempionatdagi oxirgi turi bo'ldi. Unga ko'ra, «Inter Mayami» 34 o'yinda 65 ochko to'plab, Sharqiy konferentsiyada 3-o'rinni egalladi. «Neshvill» esa 54 ochko bilan 6-o'rinda joy oldi.
AQSh — MLS. Muntazam mavsumning 34-turi
2025 yil 19 oktyabr, yakshanba.
Neshvill (Neshvill) – Inter Mayami (Mayami) – 2:5
Gollar: 0:1 – Messi (35'), 1:1 – Sarrij (43'), 2:1 – Shaffelburg (45+6'), 2:2 – Messi (63'), 2:3 – Rodriges (67'), 2:4 – Messi (81'), 2:5 – Segoviya (90+1').