"Inter Mayami" MLS muntazam chempionatida "Atlanta Yunayted" ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Birinchi bo'lim so'ngida Lionel Messi hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng argentinalik futbolchi Jordi Albaga assistentlik qildi. 61-daqiqada Luis Suares hisobni yirik ko'rinishga olib kelgan bo'lsa, uchrashuv so'nggida Messi dublni rasmiylashtirdi.

"Inter" ochkolarini 62 taga etkazib, Sharqiy konferentsiyada 3-o'rinda bormoqda. "Atlanta" pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi va 27-ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.