Miyatovich: "Bellingem daraja bo'yicha Mbappe bilan tenglashib olgan"

"Real Madrid"ning sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich "Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingemning ushbu mavsumdagi o'yinini yuqori baholadi.
"Men uni hozirda jamoaning eng yaxshi o'yinchisi deb bilaman. U daraja bo'yicha Mbappe bilan tenglashib olgan.
Bellingem "Real Madrid"ga katta ishonch bag'ishlaydi", dedi sobiq futbolchi.