Hujumchi Aleksandr Mitrovich “Ar-Rayyan” klubiga o'tish arafasida.

Jurnalist Santi Aunaning xabar berishicha, 30 yoshli serbiyalik futbolchi qatarliklar safida yiliga 8 million evro atrofida maosh oladi.

U “Al-Hilol” bilan shartnomasi muddatini bekor qilish borasida kelishib olgan. U 2023 yilning avgustidan beri ushbu klub safida to'p surib kelayotgandi.