Misr terma jamoasi darvozaboni 1-bo'limda argentinaliklarning 3 ta zarbasini qaytardi

Misr terma jamoasi darvozaboni Mustafo Shubeyr Argentinaga qarshi kechayotgan o'yinning birinchi bo'limida 3 ta seyv amalga oshirdi.
Jamoalar JCh-2026ning 1/8 finali doirasida bahs olib borishmoqda (1:0, tanaffus). O'yinning birinchi yarmida Shubeyr o'z darvozasi tomon yo'llangan barcha 3 ta aniq zarbani qaytardi — shu jumladan, Lionel Messi tomonidan tepilgan penaltini ham.
Shuningdek, misrlik posbon Aleksis Mak Allister va Xulian Alvaresning zarbalaridan keyin ham darvozasini goldan saqlab qoldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar