Misr terma jamoasi bosh murabbiyi: «Hozirgi avlod bu erda bo'lishga loyiq»

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Husam Hasan Jahon chempionatining birinchi turidan o'rin olgan bahs oldidan Belgiya jamoasi haqida o'z fikrlarini bildirdi. O'yin 15 iyun kuni bo'lib o'tadi.
«Belgiya terma jamoasi — ajoyib jamoa, haqiqiy yulduzlar jamlanmasi. Men Belgiya termasiga katta hurmat bilan yondashaman. Butun futbol olami ularning nimalarga qodirligini juda yaxshi biladi.
Biz tarix takrorlanishini istaymiz. Jahon chempionatlarida bor-yo'g'i 4 marta ishtirok etganimiz sababli biz haqimizda muayyan salbiy tasavvur shakllanib qolgan. Ammo men hozirgi avlod bu erda bo'lishga to'liq loyiq deb hisoblayman», – deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Al-Awsat nashri.