Misr futbol assotsiatsiyasi (EFA) prezidenti Hani Abo Rida tashkilotning rasmiy saytida federatsiya direktorlar kengashi terma jamoa bosh murabbiyi Hossam Hasan bilan shartnomani uzaytirishni ma'qullaganini e'lon qildi.

Bayonotda aytilishicha, ushbu qaror terma jamoaning uzoq muddatli loyihasini amalga oshirishni davom ettirish va Misr futboli so'nggi vaqtlarda erishgan yutuqlarni yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan.

Direktorlar kengashi Misr terma jamoasi vatanga qaytganidan so'ng bo'lib o'tadigan navbatdagi majlisda yangi kelishuvni tasdiqlash va imzolash bo'yicha barcha zarur protseduralarni yakunlaydi.

JCh-2026da Misr terma jamoasi 1/8 finalgacha etib bordi va u erda Argentinaga qarshi kechgan bahs so'ngida uchta gol o'tkazib yuborib, 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Manba: Stadion.uz