Misr terma jamoasi sobiq yordamchisi intervyuda Muhammad Salohning "Liverpul" haqidagi fikrlaridan keyin butun mamlakat uni qo'llab-quvvatlashini aytdi. Diaa El-Said 16 yoshidan beri misrlik vinger bilan ishlagan.

Eslatib o'tamiz, Saloh ketma-ket uchta o'yinda asosiy tarkibdan o'rin ololmagani uchun klubning o'ziga bo'lgan munosabatini tanqid qilgandi.

Shundan so'ng, futbolchi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 6-turida "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi (1:0). Keyinchalik futbolchi tarkibga qaytdi.

"Ushbu intervyu Misrda haqiqiy inqilobni amalga oshirdi.

Misr aholisining 99 foizi Salohni qo'llab-quvvatlaydi va "Enfild"dagi reaktsiyadan ko'rinib turibdiki, "Liverpul" muxlislari ham uni qo'llab-quvvatlamoqda," - dedi El-Said.