Misr futbol assotsiatsiyasi Argentina — Misr uchrashuvi hakami ustidan shikoyat kiritdi

Misr futbol assotsiatsiyasi (EFA) prezidenti Hani Abo Rida JCh-2026 1/8 finalidan o'rin olgan Argentina va Misr terma jamoalari o'rtasidagi bahsda (3:2) ishlagan frantsiyalik hakam Fransua Letekse va uning hakamlar brigadasi ustidan rasmiy shikoyat arizasi bilan chiqdi, deb xabar bermoqda AS.
EFA fikriga ko'ra, hakamlarning bir qator qarorlari bahsli bo'lib, uchrashuv taqdiriga jiddiy ta'sir ko'rsatgan. Federatsiya tushuntirish berilishini, surishtiruv o'tkazilishini, shuningdek, frantsiyalik hakamlar brigadasini JCh-2026 turniridagi keyingi o'yinlardan chetlatishni talab qildi.
Bundan avval ham bir qancha milliy federatsiyalar, jumladan, Belgiya futbol assotsiatsiyasi ham hakamlar ishidan norozilik bildirgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar