Misr bosh murabbiyi Saloh va Slot o'rtasida yuzaga kelgan vaziyatga munosabat bildirdi

Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Xossam Hassan "Liverpul"dagi Muhammad Saloh va Arne Slot o'rtasidagi mojaro haqida gapirdi.
Misrliklar dushanba kuni Afrika Kubogi-2025dagi ilk o'yinida Zimbabvega qarshi maydonga tushadi.
"Salohning mashg'ulotlardagi kayfiyati juda yaxshi - go'yo u terma jamoadagi faoliyatini endi boshlayotgandek. U ajoyib turnir o'tkazishiga ishonaman. Uning motivatsiyasi juda-juda kuchli ekanligini his qilyapman.
Saloh - kumir. U dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri va men uni har bir ishida qo'llab-quvvatlayman.
U bilan sodir bo'lgan voqeani inqiroz deb hisoblamayman. Bunday holat futbolchilar va murabbiylar o'rtasida tez-tez uchrab turadi. Biz u bilan boshidanoq telefon orqali bog'landik, keyin esa u terma jamoa qarorgohiga kelganida u bilan uchrashdim. Uning butun e'tibori turnirga qaratilgan," - dedi Hassan.