Mirs terma jamoasi hujumchisi «Barselona» bilan uch yillik shartnoma imzoladi

Ispaniyada hujumchi Hamza Abdelkarimning «Barselona»ga o'tish shartlari ma'lum qilindi. Kataloniya grandi 18 yoshli futbolchini «Al-Ahli»dan 1,5 million evroga sotib oldi, bu haqda Qohira klubi matbuot xizmati avvalroq xabar bergan edi.
Mundo Deportivo nashrining ma'lumotlariga ko'ra, misrlik futbolchi «ko'k-anorranglilar» bilan 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Yaqin kunlarda «Barselona» ham ushbu kelishuvni rasman e'lon qiladi.
Hamza Abdelkarim qishki transfer oynasida ijara asosida «Barsa»ga ko'chib o'tgan edi. Yosh hujumchi kataloniyaliklarning yoshlar jamoasida to'p tepdi va o'z o'yini bilan klub rahbariyatini qobiliyatiga ishontira oldi.