Milner 14 yillik tanaffusdan so'ng yana "MYu"ga qarshi o'yinda assist amalga oshirdi

Jeyms Milner APL doirasidagi "Manchester Yunayted"ga (2:4) qarshi o'yinda golli uzatma amalga oshirdi.
"Brayton"ning 39 yoshli xavbeki so'nggi marta 14 yil muqaddam Premer-ligada "qizil iblislar"ga qarshi o'yinda golli uzatma amalga oshirgan edi.
2011 yil oktyabr oyida Milner "Manchester Siti" safida "Old Trafford"da (6:1) ikkita golli uzatmani amalga oshirgandi.
Joriy mavsumda APLning 7 o'yinida yarim himoyachi gol+pas tizimida 1+1 natija qayd etdi.