Bryusselda UEFA Millatlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Yangi formatga ko'ra, A, B va C divizionlarida 16 tadan jamoa, D divizionida esa 6 ta jamoa ishtirok etadi.

Qur'a natijalari bilan tanishing:

Liga A:

  • 1-guruh: Frantsiya, Italiya, Belgiya, Turkiya;

  • 2-guruh: Germaniya, Niderlandiya, Serbiya, Gretsiya;

  • 3-guruh: Ispaniya, Xorvatiya, Angliya, Chexiya;

  • 4-guruh: Portugaliya, Daniya, Norvegiya, Uels.

Liga B:

  • 1-guruh: Shotlandiya, Shveytsariya, Sloveniya, Shimoliy Makedoniya;

  • 2-guruh: Vengriya, Ukraina, Gruziya, Shimoliy Irlandiya;

  • 3-guruh: Isroil, Avstriya, Irlandiya, Shvetsiya;

  • 4-guruh: Polsha, Bosniya va Gertsegovina, Ruminiya, Kosovo.

Liga C:

  • 1-guruh: Albaniya, Finlyandiya, Belarus, San-Marino;

  • 2-guruh: Chernogoriya, Armaniston, Kipr, Latviya/Gibraltar;

  • 3-guruh: Qozog'iston, Slovakiya, Farer orollari, Moldova;

  • 4-guruh: Islandiya, Bolgariya, Estoniya, Lyuksemburg/Malta.

Liga D:

  • 1-guruh: Gibraltar/Latviya, Malta/Lyuksemburg, Andorra;

  • 2-guruh: Litva, Ozarbayjon, Lixtenshteyn.


Millatlar ligasining 2026/27 yilgi mavsum o'yinlari 2026 yilning sentyabr oyida boshlanadi. Turnirning final bosqichi esa 2027 yilning 9–13 iyun kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.