Militao «Real»da uni hammadan ham ko'proq kim hayratda qoldirganini aytdi

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Eder Militao jamoadoshlari orasida unda eng kuchli taassurot qoldirgan futbolchining nomini aytdi.
28 yoshli braziliyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning 2021 yilda jamoani tark etgan sobiq sardori Serxio Ramosni alohida ta'kidlab o'tdi.
«Meni kim hammadan ko'proq hayratda qoldirgan? Serxio Ramos — o'zining texnikasi, kuchi va etakchilik qobiliyatlari bilan. Bu yigit boshqa darajada edi. U bilan birga mashg'ulot o'tkazganimda: Men ham xuddi shunday himoyachi bo'lishim kerak, deb o'ylaganimni eslayman», — deya Militaoning intervyusidan iqtibos keltiradi Madrid Zone.
Mart oyi oxirida Ramos 40 yoshni qarshi oldi. Ispaniyalik futbolchi haligacha faoliyatini yakunlagani yo'q, biroq salkam yarim yildan beri klubsiz qolmoqda.