Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Eder Militao "Selta"ga qarshi o'yinda (0:2) tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi.

El Chiringuito xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi chap tizzasidagi jarohatidan 4 oyda emas, balki ikki oyda safga qaytadi. U fevral oyidan boshlab, mashg'ulotlarni boshlashi kutilmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik himoyachi 16 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.