Yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savich "Al-Hilol" bilan yangi shartnoma imzoladi. Saudiya klubi ijtimoiy tarmoqlar orqali 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi. Serbiyalikning yangilangan kelishuvi 2028 yil o'rtalariga mo'ljallangan.

Sergey Milinkovich-Savich "Al-Hilol"ga 2023 yilning yozida Italiyaning "Latsio" klubidan ko'chib o'tgandi. Xavbekning avvalgi shartnomasi 2026 yilda tugar edi va matbuotda futbolchining Evropaga qaytishi mumkinligi haqida gap-so'zlar tarqalgandi.

Joriy mavsumda Milinkovich-Savich ar-Riyod jamoasi safida 9 ta o'yinda 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.