"Al-Hilol" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich kelasi yili jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Serbiyalikning Saudiya grandi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi. Agar tomonlar yaqin oylarda kelisha olmasa, yanvar oyidagi transferlar oynasida xavbekning ketishi stsenariysi yuzaga kelishi hech gap emas.

Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, 30 yoshli futbolchining xizmatlarini Turkiyaning "Galatasaroy" va "Fenerbahche" klublariga taklif qilishgan. Vaziyatni Milanning "Inter", "Yuventus" va nomi oshkor etilmagan Angliya Premer-ligasi vakillari ham kuzatib bormoqda.

Sergey Milinkovich-Savichning Transfermarkt portalidagi narxi 17 mln evroga baholanmoqda. Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishdan oldin futbolchi sakkiz yil davomida Italiyaning "Latsio" jamoasida o'ynagan.