"Al-Hilol" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich Evropa klublari e'tiboridan chetda qolmayapti.

Serbiyalikning Saudiya grandi bilan shartnomasi kelasi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi - tomonlar joriy mavsum yakunlanganidan keyin hamkorlikni davom ettirish-ettirmasligi hozircha noma'lum. Ayni paytda, insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, vaziyatni 30 yoshli xavbekni o'z safiga qo'shib olish istagida bo'lgan Evropa klublari kuzatib bormoqda. Da'vogarlar orasida "Yuventus" ham bor.

Mashhur Transfermarkt portali ekspertlari Sergey Milinkovich-Savichning narxini 17 mln evroga baholamoqda. Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishdan oldin futbolchi sakkiz yil davomida Italiyaning "Latsio" jamoasida o'ynagan.