«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich klubini o'zgartirishga yaqin. Shu bilan birga, futbolchi Italiya chempionatida qolish imkoniyatiga ham ega. Uning transferiga «Milan» da'vogarlik qilmoqda.

«Rossoneri»ning amaldagi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Vlaxovich o'yinining muxlisi hisoblanadi. U serb hujumchisining jamoaga kelib qo'shilishiga shaxsan qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq OAV Vlaxovichga «Barselona» ham qiziqish bildirgani haqida yozgan edi. Biroq kataloniyaliklar Dushan nomzodidan voz kechishga qaror qildi.

Manba: football24.ru
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.