"Milan" va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabo o'zining hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

"Biz hali JCh yo'llanmasini rasmiylashtirishimiz kerak, lekin biz buni uddalashimizga ishonchim komil. Jamoa katta salohiyatga ega. Kelasi yili 31 yoshga to'laman, o'zimni ruhan va jismonan juda yaxshi his qilyapman, ehtimol, faoliyatim davomida eng yaxshi holatdaman", - deya Raboning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasi 2018 yilda mundial g'olibi bo'lgan, 2022 yilda esa finalda mag'lub bo'lgandi.