Insayder Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, «Milan» yozgi transfer oynasida «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezusni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko'ra, «rossoneri» braziliyalik futbolchini kelasi mavsum uchun hujum chizig'ining etakchisi sifatida ko'rmoqda. Ayniqsa, agar Rafael Leau jamoani tark etsa, Jezus asosiy figuraga aylanishi mumkin.

O'z navbatida, «Arsenal» ham futbolchining ketishiga qarshi emas. Londonliklar tarkibda natija beruvchi yosh futbolchilarga ko'proq ishonch bildirishni maqsad qilgan, Jezus esa so'nggi mavsumlarda muhim o'yinlarda samaradorlikni pasaytirgan.

Joriy mavsumda u Angliya Premer-ligasida 12 ta o'yinda ishtirok etib, atigi 2 ta gol urdi. Uning «Arsenal» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil qiladi.

Manba: isport.ua