«Milan» yarim himoyachisini Ligi 1 klublariga sotishga tayyor

«Milan»ning markaziy yarim himoyachisi Yussuf Fofana Frantsiya chempionatining ikki klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda TuttoSport nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, frantsiyalik xavbekni «Lion» va «Marsel» klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. «Rossonerilar» futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, chunki uning sotilishi yozgi transfer oynasida Leon Goretskaning «Bavariya»dan «Milan»ga o'tishini moliyalashtirishga yordam beradi.
Qayd etilishicha, «Milan» rahbariyati Fofanani 30 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.