"Milan" yarim himoyachisi: "Leau eng yaxshi formasiga qaytadi"

«Milan» markaziy yarim himoyachisi Adrien Rabio Rafael Leauning «rossonerilar» uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi, shuningdek, portugaliyalik vingerning hozirgi sport formasiga to'xtaldi.
«U mehnat qilish orqali eng yaxshi holatiga qaytadi. Ehtimol, hozir u uchun qiyinroq kechayotgandir, ammo biz — ham jamoadoshlari, ham muxlislar unga ishonch berishimiz kerak. U «Milan» uchun muhim o'yinchi bo'lgan va shunday bo'lib qoladi», — deya xavbekning so'zlarini keltirmoqda MilanNews.
Avvalroq, Rabio «Udineze»ga qarshi kechgan (0:3) bahsda o'z jamoadoshining sha'niga aytilgan hushtakbozliklardan so'ng uni qo'llab-quvvatlagan edi.
Joriy mavsumda Leau barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 10 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.