"Milan" yarim himoyachisi jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi

Belgiyalik yarim himoyachi Aleksis Salemakers "Milan"ning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida fikrlarini bildirdi.
"Biz "Inter" va "Napoli" o'ta kuchli ikki klub ekanini tushunamiz. Lekin bizning o'z kartalarimiz bor - jamoaviy ruh. Biz bir oilamiz. Va bu chempionlik kurashida qo'shimcha ustunlik bo'lishi mumkin. Biz oxirigacha kurashamiz," - deya Aleksis Salemakersning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Ayni damda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.