"Milan" futbolchisi Aleksis Salemakers klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor.

Yozda belgiyalik futbolchi jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, jamoada qolgandi, endi esa u bilan mehnat shartnomasini uzaytirish arafasida, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira. Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchining maoshi yiliga 3 mln evrogacha oshadi.

Aleksis Salemakersning "rossonerilar" bilan amaldagi kelishuvi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda turli pozitsiyalarda o'ynay oladigan yarim himoyachi "Roma"da ijara asosida to'p surgandi.