"Milan" yangi futbolchisining shartnoma shartlari qanday bo'ldi?

Niklas Fyulkrug "Vest Xem"dan "Milan"ga o'tadi.
Klublar transfer bo'yicha deyarli kelishuvga erishdilar va hujjatlar almashmoqdalar, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.
"Rossonerilar" 32 yoshli hujumchini mavsum oxirigacha 13 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
"Milan"da Fyulkrug joriy mavsumning ikkinchi yarmi uchun 1 million evrodan sal ko'proq maosh oladi.
Germaniyalik futbolchi bu mavsumda Premer-ligada sakkizta o'yinda maydonga tushdi va gol ura olmadi.