"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennaser hali hamon jamoasini o'zgartirishi mumkin. 27 yoshli futbolchini "Trabzonspor" o'z safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira. Turkiyada transfer oynasi hali ochiq, shuning uchun jazoirlik transferni amalga oshirishga ulguradi. Muzokaralar davom etmoqda.

Ismael Bennaser 2019 yildan beri "Milan"ga tegishli. O'tgan mavsumning ikkinchi qismida xavbek Frantsiyaning "Marsel" klubida ijara asosida to'p surgan edi. Futbolchining "rossonerilar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning transfer narxi Transfermarkt portali tomonidan 15 mln evroga baholanmoqda.

"Trabzonspor" Turkiya chempionatining o'tgan masumida ettinchi o'rinni egalladi.