"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich "Milan"ning transfer maqsadlari qatorida qolmoqda.

Serbiyalik kelasi yozdayoq erkin agentga aylanishi mumkin - uning "keksa sinora" bilan shartnomasi yakuniga etmoqda. Jurnalist Daniele Longoning ta'kidlashicha, "Milan" Vlaxovich transferi ustida ishlamoqda. "Rossonerilar" vakillari futbolchining agenti bilan allaqachon uchrashuv o'tkazgan, uni taklif qilishdan shaxsan sport direktori Igli Tare manfaatdor.

Dushan Vlaxovich joriy mavsum 17 ta o'yinda 6 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Noyabr oyi oxirida hujumchi jarohat oldi, uni faqat mart oyida davolashi kutilmoqda. Yanvar oyida futbolchi 26 yoshga to'ladi.