"Milan" vingeri London jamoasiga o'tishi mumkin

Samuel Chukvueze faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"Fulxem" "Milan" bilan 26 yoshli vingerning 25 million evrolik transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Matteo Moretto.
Tomonlar bitim tuzilishini uzil-kesil kelishish va transferni rasmiylashtirish uchun doimiy aloqada bo'lib turibdi.
A Seriyaning o'tgan mavsumida nigeriyalik futbolchi 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 2 ta golga hammualliflik qilgan.