"Milan", "Atalanta", "Yuventus" va Italiya terma jamoalarining sobiq himoyachisi Mattia Kaldara 31 yoshida nafaqaga chiqdi.

Kaldara o'zining ko'pgina o'yinlarini "Atalanta" safida o'tkazdi - 93. Himoyachi shuningdek, "Venetsiya", "Modena" (oxirgi klubi), "Chezena", "Spetsiya" va "Trapani" jamoalarida ham o'ynagan.

Miattia "Milan" safida uchta o'yin o'tkazgan. U shuningdek, "Yuventus"ga tegishli edi, ammo Turin klubi safida birorta ham o'yin o'tkazmagan.

Kaldara Italiya terma jamoasi safida ikkita o'yin o'tkazgan.