"Milan" va "Roma" bir hujumchiga qiziqib qoldi

"Midtyulland" hujumchisi Frankulino Ju top-klublar e'tiboriga tushdi.
Futbolchining xizmatlariga "Milan" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga Evropaning boshqa etakchi klublari ham qiziqish bildirmoqda. Ju bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 13 mln evroga baholamoqda.
Frankulino Dju joriy mavsum "Midtyulland" safida 27 ta o'yin o'tkazdi. Ularda forvard 19 ta gol urdi va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.