"Milan" va "Man Siti" Akanji transferini muhokama qilmoqda

Manuel Akanji "Manchester Siti"dan "Milan"ga o'tishi mumkin.
Tomonlar 30 yoshli himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va ular muvaffaqiyatli o'tmoqda, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Transfer shveytsariyalik futbolchining qarori va klublar o'rtasidagi kelishuvga bog'liq bo'ladi.
Shuningdek, "Milan" "Arsenal" himoyachisi Yakub Kivyor bilan bog'liq vaziyatdan ham xabardor, uning uchun "Portu" 26 mln evro taklif qilgan.