«Milan» klubi o'zining bosh homiysi — «Emirates» aviakompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettirishini e'lon qildi.

Tomonlar 2007 yilda boshlangan sheriklik munosabatlarini uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

«Ko'p yillar davomida "Emirates" “Milan”ning o'sishida etakchi rol o'ynab kelmoqda. U strategik hamkor sifatida maydonda ham, undan tashqarida ham qiymat yaratishga qodir. Bu hamkorlik ikki mashhur brendga bir-birini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish va innovatsiyalar, mukammallik hamda global qarashlar bayrog'i ostida muxlislar bilan madaniyatlarni yaqinlashtiradigan ko'prikka aylanish imkonini berdi», — deyiladi Italiya klubi saytidagi bayonotda.

Calciomercato nashrining La Gazzetta dello Sport'ga tayanib xabar berishicha, yangi bitim «Milan»ga keyingi besh yil davomida taxminan 100 million evro daromad keltiradi.

Manba: sports.ru